Қоронғи режим
Image
Logo

ALLOHNING RAHMATIDAN NO UMID BO'LMANG!

ALLOHNING RAHMATIDAN NO UMID BO'LMANG!

Banda hech qachon Parvardigor rahmatidan noumid bo‘lmasligi kerak. Qiyomat kuni do‘zaxga hukm qilinib, oyog‘i do‘zax labida tursa ham noumid bo‘lmasin. Ajab emas, Parvardigor rahm qilib uni ortiga qaytarsa va jannatga hukm qilsa. Alloh taolo Qur'oni karimda: "Ey (Muhammad) gunoh tufayli o‘ziga isrof — zulm qilgan bandalarimga, "Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar!" — deb ayting! deya marhamat qilgan. (Zumar surasi 53-0yat).

Shuning uchun bandaning qalbida umidvorlik hissi g‘olib bo‘ladi. Bu ojiz va gunohkor bandaning o‘z ahvol va qilmishlari mulohazasidan kelib chiqqan holatidir. Hatto bu tuyg‘u do‘zaxda azoblanayotgan kishida ham bo‘lishi aytilgan.

Imom Ahmad ibn Hanbaldan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: "Bir banda do‘zaxda ming yil “Yo. Hannon, yo Mannon deb nido qiladi. Alloh taolo Jabroilga: "Borib, uni olib kel", — deydi. Farishta borib do‘zax ahlining hammasi barobar yig‘layotganidan uni topa olmay qaytadi. Alloh taolo: "U falon yer, falon joyda", — deydi. Farishta borib uni olib keladi va Parvardigor huzuriga turg‘izib qo‘yadi.

Alloh taolo: "Ey bandam, turgan joying qanday ekan" — deb so‘raydi. Banda: "Eng yomon joy, eng yomon o‘rin!", — deb iqror qiladi. Alloh taolo: "Uni yana o‘z joyiga qaytaring", — deydi. Olib ketayotganlarida u orqasiga bir qarab qo‘yadi. Alloh taolo, nima uchun qarading, deb so‘raydi. "Meni do‘zaxdan chiqarganingda yana qayta do‘zaxga kirgizmaysan, deb umid qilgan edim", — deydi. Alloh taolo: "Unday bo‘lsa uni qaytaring va jannatga kirgizing!", — deydi

Vahb ibn Munabbih aytadilar: Samoviy kitoblarda ko‘rdim. Alloh taolo Dovud alayhissalomga dedi: “Ey Dovud, qaysi bandam menga meni yaxshi ko‘rib yo‘liqsa uni jannatimga kiritaman. Qaysi bandam menga azobimdan qo‘rqib yo‘liqsa, unga azobimdan najot beraman. Ey Dovud, qaysi bandam menga gunohlaridan xijolat bo‘lib yo‘liqsa uning amallarini saqlagan farishtalarga uni gunohlarini unuttiraman. Ey Dovud, bilasanmi, qaysi banda sirot ko‘prigidan tez o‘tadi. Meni qismatimga rozi bo‘lgan bandalar".

Nuriddin Hamroqulov,
Uchqoʻrgʻon tumani “Sharxonchek” jome
masjidi imom noibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг