Қоронғи режим
Image
Logo

ISLOMDA YOSHLARGA AHAMIYAT

ISLOMDA YOSHLARGA AHAMIYAT

30-iyun Yoshlar Kuni yurtimizda yoshlarning roli va ahamiyatini ta'kidlash uchun nishonlanadigan muhim sanadir. Bu kun yoshlarning kelajagi uchun zamin yaratish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatda faolligini oshirishga qaratilgan. Islomiy nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarning roli va mas'uliyati yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi.

Islom dini yoshlarni jamiyatning kelajagi sifatida ko'radi. Qur'onda va hadislarida yoshlar haqida ko‘plab pand-nasihatlar keltirilgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi, axloqiy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi ta'kidlanadi.

Qur'onda yoshlarning ilm olish, to‘g‘ri yo‘lda bo‘lish va Allohga itoat qilishlari haqida ko‘plab oyatlar bor. Masalan, Luqmon surasida Luqmon o‘z o‘g‘liga shunday nasihat qiladi:

"Ey o‘g‘il! Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir."* (Luqmon, 13-oyat)

Bu oyatda yoshlar Allohga shirk keltirmaslik, ya'ni faqat Uning o‘ziga ibodat qilish va faqat Uning yo‘lidan yurish kerakligi eslatiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallogu alayhi vasallam yoshlarni doimo ilm olishga va yaxshi axloqni saqlashga undaganlar. Bir hadisda shunday deyiladi:

"Kim ilm yo‘lini tutsalar, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi."  (Imom Muslim rivoyat qilgan)

Bu hadisda yoshlarning ilm olishlari nafaqat dunyoda, balki oxiratda ham ularga foyda keltirishi ta’kidlanadi.

Yoshlar Islomda jamiyatning kelajagi va taraqqiyoti uchun mas'ul shaxslar sifatida qaraladi. Ular nafaqat ilm olishlari, balki o‘z vatanlari va dinlariga xizmat qilishlari kerak. Yoshlar to‘g‘ri yo‘ldan yurib, adolatli va axloqli bo‘lishlari lozim. Ularning jamiyatda faol bo‘lishlari va yaxshiliklarni targ‘ib qilishlari Allohning rizoligini qozonishlariga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda 30-iyun Yoshlar kuni yoshlarimiz uchun o‘zlarining Islomiy qadriyatlarini eslatish va ularga amal qilish uchun yaxshi imkoniyatdir. Yoshlarimiz Allohning yo‘lidan yurib, ilm olishga intilib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari va bu bilan yurtimizning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishlari lozim. Bu kun yoshlarimiz uchun nafaqat bayram, balki o‘z ustida ishlash, ma'naviy va axloqiy jihatdan o‘sish uchun bir imkoniyat bo‘lishi kerak.

Raximov Abdurahmon,
Namangan shahar “Istiqlol” jome
masjidi imom noibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг