ONA BUYUK ZOT

Dunyoda insonga uchta mehribon zot bor. Birinchisi Alloh taolo ,ikkinchisi Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam va uchunchisi ota-onalarimizdir.
Ota-onaning farzand uchun qilgan mehnatlarini mukofatlash,ularning xaqqilarini ado etish juda qiyin ish.
Farzand bu dunyoda xar qancha urinsa ham bu ishni bajarib ,oxiriga etkaza olishi qiyin.
Alloh taolo biror bir ishni o'zining ibodati darajasiga ko'tarmagan.
Faqatgina ota -onaga qilingan yahshilikni o'zining ibodati darajasiga ko'targan.
Bu xaqda Alloh taolo Isro surasining 23-oyatida shunday deb marxamat qiladi:
Robbing faqat uning o'zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yahshilik qilishingni amr etdi.Agar xuzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar ,bas,ularga"uff"dema,ularga ozor berma va ularga yahshi so'z ayt!
deydi.
Bu jumlaning "uff" zo'ziga bog'liq ikki xil ma'nosi bor. Bir ma'nosi ota-onaga yomon so'z aytib ,bexurmat qilma,yani ularni oldilarida uff deydigan bo'lsak, ota-onalarimiz biz keksayib qo'limizdan biror ish kelmay qolgani bolamga malol keldimikan ,yoki biror bir ishimiz farzandimizga yoqmadimikan degan o'yga borib bizdan ranjishlari mumkin ekan.
Ikkinchi ma'nosi -agar biz ota-onamiz xuzurlarida uff deydigan bo'lsak ,farzandim biror kasallik bilan bemorlanibdimikin yoki qarzga botdimikin deb qayg'uga bo'tishlari mumkin ekan.
Yuqoridagi oyatda yakkayu-yagona bo'lgan Alloh taoloning o'ziga ibodat qilishga buyurilmoqda .Undan so'ng bevosita ota-onaga yaxshilik qilishga
buyurilmoqda. Bu Allohning bandalariga amri ,buyrug'i, farmonidir ,bu bandalarning ixtiyoriga tashlab qoʻyilgan ish emas.
Ota -onaning xurmatlash, eʼzozlash masalasida Islom diniga teng ham,yaqin ham kela olmaydi.
Onaning farzanddagi xaqqi otanikidan ustun ekani ko'pchilik biladigan ma'lumot .Alloh taolo Luqmon surasining 14-oyatida:
Biz insonga ota-onasi xaqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko'tardi ; uni sutdan ajratish ikki yil ichidadur:" Menga va ota-onaga shukr qilging.Va qaytish faqat mengadir "-deya marhamat qiladi.
Quroni karimda, hadislarda va islomi odob kitoblarida ota-onani hurmat qilish, ularni ezozlash xaqida qayta-qayta nasihat beriladi. Chunki, ota-onaning xaqqini Islom dinida yuqori qo'yiladi.
Yuqoridagi oyatdagi tavsiya ko'pchilik tushinganidek, ixtiyori ish emas. Balki, Allohning amridur. Onalarimiz homladorlik paytlarida bizlarni zayifhol bo'lib ko'tarishadi. Farzand katta bo'lgani sayin zayiflik ustiga zayiflik ortib boradi. Bu hol to bola tug'ulguncha davom etadi. Shundan keyin onalarimiz yana bizlarni ikki yil davomida imizishadi. Onalarimiz homladorlik davrida va imizish davrida bizlar tufayli katta qiyinchilikni boshlaridan kechirishadi.
Shuning uchun ham onaning xaqqi otanikidan yuqori turadi.
Baxz ibn Xakimdan, u kishi otalaridan, u kishi bobolaridan rivoyat qiladilar..
" Yo Rosulullox! Kimga yaxshilik qilay?"-dedim.
"Onangga ",- dedilar.
"So'ngra kimga?"- dedim.
"Onangga ", - dedilar.
"So'ngra kimga?" - dedim.
"Onangga",- dedilar.
"So'ngra kimga?"- dedim.
"Otangga va keyin yaqiningga",- dedilar.
Manashu hadisi sharifda Rosuli akram sollollohu alayhi vasallam "Kimga yaxshilik qilay?" dep so'ragan sohobaga ketma-ket uch bor "Onangga yaxshilik qil" dep turub, to'rtinchisida "Otangga"deyishlaridan ulomolarimiz xukum chiqarib: "Onaning xaqqi otanikidan uch bor yuqori turadi", deyishgan ekan. Chunki, onalarimiz bizning dunyoga kelishimizda, o'sib-unushimizda juda katta mashaqqat chekishadi. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, kim onasining oyog'i ostida xizmatkorday yashasa, qavmining boshi ustida sayyid bo'lib yashaydi.
Abdurahmon Otabayev,
Namangan tumani " Mirhomid" jome
masjidi imom-hatibi.
Сизга ҳам ёқиши мумкин
Оммабоп хабарлар
-
МУКОФОТ МУБОРАК!
- Хабар муаллифи ravza.uz
- August 30, 2021
-
ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁҒИ ОСТИДА...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- March 7, 2023
-
Муфтий ҳазратлари Наманга...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- June 14, 2021
-
Муносабат: ижтимоий тармо...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- January 22, 2022