Қоронғи режим
Image
Logo
AGAR OTA-ONA ROZI BO'LSA, ALLOH ROZI BO'LADI

AGAR OTA-ONA ROZI BO'LSA, ALLOH ROZI BO'LADI

Xalqimizda Ota rozi Alloh rozi, Ona  rozi Alloh rozi, degan naql bor. Ushbu maqol asl hadisdir. Shuning uchun, albatta, bolalar ota-onalarining roziligi bilan harakat qilishlari va bu masalada nihoyatda ehtiyot bo'lishlari kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni ota-onasi rozi bo'lsa, Alloh undan rozi bo‘ladi” deganlar.

Ota-onalarning roziligini olishga harakat qilishdan tashqari, ularning noroziligiga yo'l qo'ymaslik kerak. Chunki ota-onaning noroziligi Allohning noroziligini keltirib chiqaradi.

Amrata binti Abdurahmondan rivoyat qilinadi:

«Payg'ambar (alayhissalom) aytdilar: Tushimda o‘zimni jannatda ko‘ribman.  Bir Qorini eshitdim va "Bu kim?"  deb so‘radim "Horisa ibn No‘mon yaxshilik shunaqa bo‘ladi, yaxshilik shunaqa bo‘ladi"  deyishdi. " U odamlarning onasiga eng ko‘p yaxshilik qiladigani edi" dedilar.

Horisa ibn No'mon onasining roziligini olgan va unga xizmat qilgan bolalardan edi. Shuning uchun unga tushida jannatga ko'tarilish haqidagi xushxabar berildi.

Alloh taolo Luqmon surasining 14-oyatida aytadi: Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko‘tarib yurdi. Uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yildir.(Biz insonga buyurdikki) Sen menga va ota onanga shukr qilgin. Qaytishlik mening huzurimgadir. (Luqmon surasi, 14-oyat)

Qur'on oyatlarida farzandlarga yaxshilik qilishdan ko'ra, ota-onalarga yaxshilik qilish haqida ko'p aytilgan. Chunki ota-onalarga farzandlariga yaxshilik qilishni buyurish shart emas. Ular o'zlari yemay yediradilar, kiymay kiydiradilar, Farzand uchun barcha rohatlaridan voz kechadilar. Ularning bu hislatlari barchaning ehtiromiga loyiq.

Ota-onalarga xizmat qilish tashvishlardan xalos qiladi va mushkuli osonlashadi Yopiq eshiklar Allohning irodasi bilan ochiladi.

Uch kishi yomg'irdan qochib, g'orga kirishdi, u erda tosh pastga ag'darilib, ular o'tirgan g'orning og'zini yopib qo‘ydi. Ularning har biri solih amallari bilan Ollohu taolodan yordam so'radilar. Shunda ulardan biri keksa ota-onasiga qilgan mehrini eslab: "Agar sen shu ishni Sening rozligingni tilab qilganimni bilsang, bizga bir tirqish ochgin, osmonni ko‘raylik... dedi  Shunda Alloh bo'shliqni ochib, ularni qutqaradi.

Ota-onalarimiz hayot bo‘lsalar, ularni rozi qilib hayrli duolarini olib qolmoqlikni biz farzandlarga Alloh nasib etsin. O‘tganlarini boradigan joylarini ulug‘ maqomlardan qilsin.Omin!

Muhibulloh Xudoyberdiev,
 To'raqo'rg'on tumani bosh imom-xatibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг