TINCHLIK VA OSOYISHTALIK - OLIY NE'MAT !

Ma'lumki tinchlik va hotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne'matlaridan biridir. Qolaversa barcha ezgu ishlar ro'yobga chiqishining boisi ham tinchlik va osoyishtalikdir. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz alayhissalom hadislarining birida tinchlik-hotirjamlik eng ulug' ne'mat ekanini ta'kidlab shunday deganlar :
Ikki ne'mat borki, ko'pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U hotirjamlik va sihat- salomatlik.(Imom Buhoriy rivoyati).
Xech shubhasiz, yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutiqlarimizning zamirida jamjyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik xisoblanadi. Tarihiy haqiyqat shundan iboratki, ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida davlat va jamiyatning rivojlanishi barqarorlik va tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog'liq bo'lgan.
Ma'lumki Islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga in'om etilgan ulug' ne'mat sifatida qadirlanadi. Ulamolar Qur'oni karimning 50 dan ziyod surasidagi oyatlar mo'minlik va bag'rikenglikka bag'ishlanganini e'tirof etadilar.
Jumladan Quroni karimda bayon qilinadiki: "Ey imon keltirganlar ! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz. Albatta, u sizlarga aniq dushmandir" (Baqara surasi, 208-oyat).
Tinchlik ilohiy ne'mat ekani tug'risida Nabiy alayhissalomning quydagi hadislari qayd etilgan:
"Allohdan avf va tinchlik-omonlikni so'ranglar. Chunki biror kishjga imondan keyin tinchlik -omonlikdan afzalroq ne'mat berilgani yo'q" (Termiziy rivoyati).
O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgani tarihiy haqiqatdir.
Ajdodlarimiz turli millat va din vakillariga doimo xurmat bilan munosabatda bo'gani, Vatan taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lib mehnat qilgani tarihiy manbalarda qayd etilgan. Bugungi kunda 16 hil konfessiyaga amal qiluvchi 130 dan ziyod millat vakillari ahil oila bo'lib, tinchlik-hotirjamlikda yashab, yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz firovonligi yo'lida birgalikda faoliyat olib bormoqdalar.
Taassufki, bugun jahon hamjamiyati, hususan, musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Insoniyat muayyan siyosiy doiralar tomonidan o'z ta'sir doiralarini kengaytirish maqsadida, amalga oshirayotgan g'oyaviy kurashlar tahdidlar avj olgan bir vaziyatda yashamoqda.
Qator davlatlar, xususan musulmonlar istiqomat qiluvchi yurtlar siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli nizolarni boshidan kechirmoqdalar.
Mazkur mamlakatlarda odamlar og'ir iqtisodiy muammolar girdobida, nochorlik, oziq-ovqat tanqisligi, ochiqdan-ochiq zo'ravonliklarni boshidan o'tkazmoqdalar.
Darhaqiqat, Payg'ambarimiz alayhissalomning "Tinchlik va hotirjamlik ikki ulug' ne'matdurki bundan ko'p odamlar mahrumdurlar"(Imom Buhoriy rivoyati), degan hadislarini eslagan holda, bugungi kunda yurtimizdagi tinch -osoyishta hayot qator mamlakatlarning xalqlari uchun orzu bo'lib qolyotgani guvohi bo'lmoqdamiz.
Ushbu holat dunyodagi davlatlarning katta yoki kichikligi, dini vamillatidan qat'i nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar ulugʻ neʼmat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda. Shu o'rinda Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisni eslash oʻrinlidir : “Kim oilasi tinch, tanasi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to'lig'icha berilibdi”. (Termiziy rivoyati).
Ta'kidlash joizki, ijtimoi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratish, turli ijtimoi qatlamga mansub fuqorolar va siyosiy partiyalar oʻrtasidagi hamjihatlikni, davlat, jamoat va diniy yaratish tashkilotlar, fuqorolar o'rtasida ijtimoiy kelishuv va sherikchilik bardavomligini ta'minlash orqali erishiladi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki ,dinimizning tinchlikka bo'lgan e'tibori nechog'lik katta hamda bag'rikenglik uning negizidir. Alloh taolo yurtimizni tinch va osoyishta aylasin. Har hil balo ofatlaridan o'zi omonda saqlasin.
Abdurahmon Otabaev,
Namangan tumani “Mmirhomid” jome
masjidi imom-hatibi
Сизга ҳам ёқиши мумкин
Оммабоп хабарлар
-
МУКОФОТ МУБОРАК!
- Хабар муаллифи ravza.uz
- August 30, 2021
-
ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁҒИ ОСТИДА...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- March 7, 2023
-
Муфтий ҳазратлари Наманга...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- June 14, 2021
-
Муносабат: ижтимоий тармо...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- January 22, 2022