Қоронғи режим
Image
Logo

YAXSHILIKNI KECHIKTIRMANG!

YAXSHILIKNI KECHIKTIRMANG!

"Banda doim yaxshilik qilishga shoshilishi kerak. Yaxshilik qilishda hammani — insondir, parrandayu darranda, barchani birdek ko’rish kerak. Payg’ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

"Alloh duosini ijobat etishini, dunyo oxirat g’amlarini ketkazishini istagan kimsa qiynalganga yordam bersin, unga o’zini hokisor tutsin. Alloh kimni do’zaxdan saqlab salqindan joy berishini istasa, hech kimga qo’pollik qilmasin va mo’minlarga mehribon bo’lsin!"

Salafi solihlar huzurlariga kambag’allar kelishsa, marhabo, yuklarimizni oxiratga bepul o’tkazib be ruvchilar hush kelibsiz, deb xursand bo’lishar edi. SHuningdek, huzurlariga birov tilanib kelsa, o’zimiz borib so’rash o’rniga tilanib kelishga majbur qilibmiz, deb hijolat bo’lishar edi".

Ali roziyallohu anhu deganlar: “Yaxshilikni qadriga yetganu yetmaganga qilaver, qadriga yetmaganga qilingani tarozuda og’ir keladi".

Muhammad ibn Hanafiya aytganlar: "Yaxshilik qiluvchi hech qachon yiqilmaydi, mobodo yiqilsa ham oyog’i sinmaydi".

Bir kuni Dovud Toiyning xodimi:

— Sizga bir yog’li ovqat tayyorlab bersam, — deydi.

— Mayli tayyorla.

Ovqat tayyor bo’lgach olib kelib oldiga qo’yadi. Dovud so’raydi:

— Falonchining yetimlarini ahvoli nima bo’ldi?

— Ular o’z holida.

— Bo’lmasa, buni ularga olib borib ber.

— Siz non bilan suvning o’zini yeysizmi?

— Ha, buni men yesam yerga tushadi. Ular yeyishsa, osmonga ketadi, — deydi".

 

Nuriddin Hamroqulov,
Uchqoʻrgʻon tumani "Sharxonchek" jome
masjidi imom noibi 

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг