G'AZAB SHAYTONDANDIR

Islomiy tarbiyada inson zoti uchun muhim bo'lgan muolajalar, hossatan musulmon kishi o'zida mujassam etishi lozim bo'lgan go'zal xulq atvorlar mavjud. Mazkur muolajalarning asosi insonni xar qanday xolatda xoh kasallik, xoh musibat bo'lsin, xoh ofiyat, xoh xursandchilik bo'lsin bosiqlik, chiroyli xulq ila faoliyat olib borishga chorlaydi. Aslida Inson hayotida ko'plab ko'ngilsizliklar, yomonliklar, birgina illat sababli kelib chiqadi. Bu illat kishining boshqalar bilan muomalasining yomonlashishiga, xotirjamligini yoqolishiga asosiy omil bo'ladigan g'azabdir. G'azab komillik cho'qqilariga ko'tarilishi uchun eng katta to'siq hamdir. Quyida g'azabni yengishning dinimizda ko'rsatilgan uslublari bilan tanishib chiqamiz.
G'azabni idora qilishning eng birinchi va yaxshi chorasi, go'zal xulq-atvor bilan ziynatlanishi va nafsdagi g'azabni keltirib chiqaruvchi sabablarga qarshi kurashishdir.
Xar bir illatga qarshi muolaja o'sha illatning sabablarini ketkazishi, kelib chiqishi ildiziga bolta urish bilan bo'ladi. G'azabni yo'qotish uchun uni keltirib chiqaradigan sabablarni bilib olishimiz zarur. Insonni g'azabga olib boradigan illatlar juda ham ko'p bo'lib, ularning asosiylari quyidagilardir: yomon xulq-atvor, yolg'on, mazah, birovlarni mensimaslik kabi musulmon kishi saqlanishi, tiyilishi lozim be'mani odatlar, mol-dunyo, shaxvat, obro' ortidan quvish, birovlarni ustidan kulishni odat qilish va o'sha sifatlarga ega kishilar bilan do'st bo'lish . Bazilar g'azabni shijoat, erlik izzat g'ururi, erkaklarga xos fazilat deb baholaydilar . Bu fikir ochiq oydin xato bo'lib, ba'zilar tomonidan o'zlarining o'zlarini g'azablarini oqlash uchun o'ylab topilgan gapdir. Chunki inson tabiatiga ko'ra g'azabi qo'zg'aganda ayni haqiqatni bilmay o'z ayblarini ko'rmasdan turip tezlik ustida ish ko'radi. Bunday paytda avval o'ziga sinchiklab qarash xatolarini kuzatishga imkoniyat ham bo'lmaydi va uning o'zi mazkur holatga tushish sabablarini taftish qilishga harakat ham qilmaydi. Gohida janjallar ham bo'lib o'tib, birovlarning ko'ngli og'rib bo'lgandan so'ng o'zini hatti-harakatidan pushaymon bo'lgan , qilmishidan uyalgan barchasi g'azabini bosa olmaganidan sodir bo'lganini tan oladi kishi. Bu holat juda ko'pchilik insonlarda bo'ladi.
G'azabni jilovlashning ikkinchi chorasi, g'azab paydo bo'lib, uning uchqunlari sachray boshlagandan so'ng foyda beradigan choradir. Kishi g'azab qilganida uning jaxli va achchig'i aqli ustidan xukmron bo'ladi. Shu boisdan u bo'layotgan voqaelarni to'la tushuna olmay hayoliga birinchi kelgan ishni amalga oshiradi. Kishiga doimo birinchi bo'lib o'zining beayb benuqson ekanligini ko'rinadi va natijada o'zini aybdor sanayotgan tomonga qarshi turli xil yo'l bilan xujum boshlaydi. Ba'zilar tili bilan javob qaytarsa g'azabdor kishilar darxol qo'llariga erk berib yuboradilar. G'isht qolibdan ko'chgandan keyin esa yuqorida aytganimizdek afsus nadomat qilishni boshlaydillar.
Inson g'azab otiga minaverar ekan muqaddas dinimiz targ'iq ruhiy xotirjamlik qalb sokinligi kabi hislatlardan uzoqlashib boraveradi.
Inson o'z nafsi buyruqlariga bo'ysinar va g'azabining taqozosi o'laroq faoliyat olib borar ekan butun insoniyatning muddaosi bo'lgan tinchlik-omonlik, o'zaro mexr-muhabbat, ahl-inoqlik kabi tuyg'ular yo'qlik sari odimlab boraveradi. Shuni unitmaslik kerakki Islomiy tarbiya - Inson zoti uchun omonlikdir.
Odilxon Abdurahmanov,
Uychi tumani “Xudayberdi Eshon” jome
masjidi imom noibi
Сизга ҳам ёқиши мумкин
Оммабоп хабарлар
-
МУКОФОТ МУБОРАК!
- Хабар муаллифи ravza.uz
- August 30, 2021
-
ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁҒИ ОСТИДА...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- March 7, 2023
-
Муфтий ҳазратлари Наманга...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- June 14, 2021
-
Муносабат: ижтимоий тармо...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- January 22, 2022