ILM OLISH FAZILATI....

Insonni kamolotga, saodatga yetaklaydigan manba ilmdir. Ilmning fazli barchamizga ma‘lum va mashhur. Ilmning fazli va barakotlari hech bir insonga maxfiy emas.Muqadddas shariatimizda ham bu narsa oʻz aksini topgan.Alloh taolo Muhammad sollallohi alayhi vasallamga ilk bor:“Oʻqing (ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz ismi bilan!”, oyatini nozil qildi. Buning orqasidan har bir moʻmin-musulmonga ilm oʻrganish vazifasini yukladi. Bu ilm shuki, u shariat ahkomlari, halol-harom va odob-axloq, tibbiyot, sanoat, dehqonchilik, tijorat, falakiyot kabi insonni dunyo va oxiratda baht va saodatga yetaklaydigan ilmlarni qamrab oladi. Abu Hurayra roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlarini ilmga shunday tarzda ragʻbatlantirgan “Kim ilm talab qilib yoʻlga chiqsa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Bilim olishda inson avvalo niyatni xolis qilish, yo‘nalishni to‘g‘ri tanlash har bir tolibi ilm uchun zaruriy bo‘lgan ishdir. Shu orqali ilmning barakasi va fazilati kishida namoyon bo‘ladi.Bu haqda Imom G‘azzoliy shunday degan: “Bilgilki, niyat, xohish va maqsad bitta ma'noni ifoda etuvchi iboralardir. Ularning barchasi qalbga bog‘liq holat va sifatlar bo‘lib, ilm o‘rganish va unga amal qilishgina ularni mustahkam himoya ostida ushlab turadi”. G‘azzoliy ushbu iboralari bilan ilm o‘rganib uni yaxshiliklarga ishlatsak qalbimizdagi niyat, xohish va istaklarimiz ham shunga monand bo‘lib, yaxshiliklarga yo‘nalishini tushuntirmoqda. Agar qalbimizda ma'rifat nuri bo‘lmasa, nafsimiz aqlimizdan g‘olib kelib, niyatimizni ham egrilik sari boshlar ekan.
Odamlarni dunyoda baxt saodatga yetishishi uchun ham , oxiratda jannatga kirishi uchun ham bir yoʻl, odamlarga foydasi tegadigan ilmni egallashdir. Sababi ilmli inson quyoshga oʻxshaydi, borgan joyini yoritadi. Qorongʻilikda qolgan har bir kishi unga muhtoj boʻladi. Yuksak pogʻonalarga ilm narvoni bilan chiqiladi. Zero, ilm haqni botildan, yaxshini yomondan va toʻgʻrini buzuqdan ajratib beradi.
Bilmsizlik bu – zulm va xavf-xatar. Undan qutulishning yagona yoʻli ilm olishdir. Insonga dunyoda ham, oxiratda ham ilmdan koʻra koʻproq foyda keltiradigan narsa yoʻq. Jaholatdan-da koʻproq zarar beruvchi narsa ham yoʻq. Xayotimizni farovon boʻlishi, jamiyatning taraqqiy etishi esa faqat ilm-fan bilan boʻladi.
Manbalar asosida tayyorlandi.
Tohtabayev Shukrullo,
Namangan shahri “Abdulloh ibn masud” jome
masjidi imom-xatibi
Сизга ҳам ёқиши мумкин
Оммабоп хабарлар
-
МУКОФОТ МУБОРАК!
- Хабар муаллифи ravza.uz
- August 30, 2021
-
ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁҒИ ОСТИДА...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- March 7, 2023
-
Муфтий ҳазратлари Наманга...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- June 14, 2021
-
Муносабат: ижтимоий тармо...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- January 22, 2022