Қоронғи режим
Image
Logo

Ilm ikki dunyo saodati

Ilm ikki dunyo saodati

Inson jamiyatda yashar ekan, umri davomida turli bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi.Bu bilim va koʻnikmalar, yaxshi yoki yomon, foydali yo zararli boʻlishi mumkin. Dinimizni bizni, oʻzimizga va jamiyatga, dunyo va oxiratda foydasi tegadigani ilm olishga targʻib qiladi.

Ilm moddiy, yoki maʼnaviy narsalarni voqelikda qanday boʻlsa, shundayligicha idrok etishdir. Nafslarning hayoti va ozuqasi aqlning nuridir. Ilm olishga targʻib maʼnosi bir qancha oyati karima va hadisi shariflarda oʻz aksini topgan. Ilm sohiblari iymon keltirganlar ichida xos bir maqom va darajalarga koʻtarilish haqida Qurʼoni karimda xabar beriladi, " Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni( baland) daraja (martaba)larga koʻtarur. Alloh qilayotgan( barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir" (Mujodala surasi 11 oyat).

Oyat karimada zikr qilingan darajalar haqida mufassirlar ikki xil soʻz aytganlar. Birinchisi dunyodagi martaba va sharaf. Ikkinchi so'z- bu darajalar oxiratda boladi.Oyat haqida har ikki soʻzni  jamlansa, yanada goʻzal maʼno boladi. Zero ilm ikki dunyo saodatiga yetaklaydi.

Albatta insonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, ilm bilan amalga oshadi. ilmsizlik bilan dinga targʻib qilmoqchi boʻlganlar esa, togri yolda yurganlarni adashtiradi va turli ixtiloflar keltirib chiqaradi.

Musulmon kishi har kuni dinni va oʻz sohasini oʻrganish uchun vaqt ajratishi, tushunmagan joyini ustozlar va imom domlalardan soʻrab bilib olishi zarur. Dunyoda ilm-fani shiddat bilan rivojlanmoqda, har kuni kashfiyotlar qilinmoqda, lekin shu kashfiyotlarning qancha qismi musulmonlar safiga togri kelmoqda. Afsuski bu nisbattda kam boʻlib, bizni ogohlikka, ilm-fan bilan jiddiyroq shugʻullanishga undaydi. Tarixida musulmon olimlari dunyo xalqlariga koʻplab kashfiyotlarni taqdim etganlar.

Yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib bilimlarini oshirishmoqchi boʻlishsa, rasmiy saytlariga murojaat qilishsin. Rasmiy domlalarimizning kanallarga azo bolsin, zero ijtimoiy tarmoqlarda gʻarazli maqsadlar bilan faoliyat olib boradigan, sayt kanal va shaxslar juda koʻp. Ularning na manzili, na shaxsi, na ustozi va na mazhabi maʼlum.Ular jamiyatimiz va yoshlarimiz tarbiyasiga katta tahdid bolib, firqalar, dinda g'ulu ketish va mazhabsizlik urugʻlarini sochmoqdalar. Alloh taolo barchamizni toʻgʻri yoʻlda sobitqadam qilsin, ilmimizni ziyoda qilsin.

Manbalar asosida tayyorlandi

 Sherzodbek Axmedov,
 Mingbuloq tumani “Mulla Abdurahmon” jome
masjidi imom xatibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг