Қоронғи режим
Image
Logo

Ilmga amal qilish

Ilmga amal qilish

Ilmga amal qilish – bilimning koʼpayishi va mustahkamlanishining asosiy omillaridan biridir. Chunki ilimga amal qilish Ollohga boʼlgan taqvoning bir qismidir. Holbuki Alloh taolo: «Ey moʼminlar, agar Allohdan qoʼrqsangizlar, sizlar uchun xaq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato etadi va yomonlik-gunohlaringizni oʼchirib, sizlarni magʼfirat qiladi. Alloh ulugʼ fazlu marhamat sohibidir» (Аnfol: 29) – dedi. Bilimga amal qilish va uni mahkam ushlash, odamlarning olimning soʼzlarini olishlariga sababchidir. Chunki, soʼzlovchisi birinchi muxolif boʼlgan soʼzning oftobi oʼtkinchi, yulduzi soʼngan va taʼsiri yoʼqdir. Zero odamlar daʼvatlarning toʼgʼriligini shu daʼvatlarni qilgan odamlarning sabotlari va so’zlariga qilgan amallari bilangina oʼlchaydilar. Bilimning voqeʼda shakllanishi, insonlar hayotiga tarjima boʼlishi va uni amal bilan jonlantirish, daʼvat va taʼsir omillarining eng kuchlisidir. Boamal olim aqllarni oʼziga jalb qiladi. Uning atrofida bandalar toʼplanadi. Chunki, hamma ham chiroyli gap aytishi mumkin. Biroq, odamlar amallar bilangina bir-biridan ustun va imtiyozli boʼlishlari mumkin. Xalq gaplar bilan nasihat olishdan koʼra, amallar bilan nasihat olishga koʼproq muhtojdir.

Bu ilm bilan maqomlar koʼtariladi, yomonliklar bartaraf qilinadi. Zotan, ilm qalbga oʼrnashsa, aʼzolar uni amal bilan tasdiqlaydi.Xatib Bagʼdodiy (rahimahulloh) ilm bilan amal qilish maqomini bayon qilar ekan shunday degan: «Hoy, ilm tolibi! Men sizga ilm izlar ekan niyyatni xolis qilish, bilimingiz taqozosi bilan amal qilishni vasiyat qilaman. Chunki ilm daraxt boʼlsa, amal uning mevasidir. Bilimiga amal qilmagan odam, olim hisoblanmaydi... Аgar amal bilimga koʼra nuqsonli boʼlsa, bu bilim insonga yuk boʼladi, xorlik keltiradi va boʼyniga solingan zanjirga aylanadi. Allohga yuk boʼladigan bilimdan sigʼinamiz. Аmal qilish zarurati boʼlmasa edi, ilmni izlanmas edi. Haqiqatni bilmasdan tark qilishim men uchun, uni behojatlikdan tark qilishimdan koʼra sevimliroqdir».Ilmga amal qilish hasanotlarga erishish va maqomlar yuksalishining omilidir. Shuning uchun Alloh taolo koʼplab oyatlarda iymon bilan amalni bir-biriga bogʼlab zikr qildi: «Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun magʼfirat va ulugʼ ajr boʼlishini vaʼda qildi» (Moida: 9). Bunga oʼxshash oyatlar Qurʼon Karimda talayginadir. Alloh taolo bizni va sizlarni foydali va mustahkam ilmga va davomiy solih amallarni qilishga muvaffaq qilsin.

Manbalar asosida tayyorlandi.
Shukrullo To’xtabayev
Namangan shahar “Albdulloh ibn Mas’ud” jome
masjidi imom xatibi 

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг