Solih amal qalb lazzati

Mo‘min-musulmon kishi imkon qadar hayotining har lahzasini ezgu va savobli amallar, xayrli ishlar bilan o‘tkazishga harakat qilmog‘i kerak. Chunki umr qisqa bo‘lib, uni qachon tugashi va ajal qachon kelishini hech kim bilmaydi. Solih amal – barcha turdagi yaxshi ishlarni qilish, odamlarga foyda keltirish, ularga xayru ehson qilish, Alloh taolo va Payg‘ambarimiz alayhissalom buyurgan amallarni puxta va to‘la-to‘kis bajarish kabi amallardir. Shunday ekan, bu g‘animat umrni qadriga yetib, qo‘limizdan kelgunicha o‘zgalarning hojatini chiqarib, yordam berib, hayotlik paytimizda ko‘plab xayrli va savobli amallarni qilib, oxiratimizga zaxira qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda bunday degan:
“(U) sizlarning qaysi biringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o‘lim va hayotni yaratgan zotdir” (Mulk surasi 2-oyat).
Solih amal qilish – kishini ikki dunyoda zafar topib, yoqimli hayot kechirishiga sabab bo‘ladi.
Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Alloh taolo: “Solih bandalarimga jannatda shunday ne'matlarni tayorlab qo‘ydimki, ularni biror ko‘z ko‘rib, quloq eshitib, inson qalbi his etmagandir”, dedi” (Muttafaqun alayh).
Ezgu va savobli amal qilgan kishini jannatdagi martabasi baland bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan:
“Kimki u zotga (Alloh huzuriga) yaxshi amallarni qilib, mo‘min holida kelsa, bas, ana o‘shalar uchun yuksak darajalar, bordir” (Toha surasi 75-oyat).
Hayotimizni yodga olib ko‘raylik, har birimiz biror ezgu amal qilganda yoki insonlarning biror mushkulini oson qilganda qalbimizda unitilmas bir lazzatni his qilganmiz, zero, bu mo‘minlik belgilaridandir. Bu lazzat tufayli qalbga ajib hotirjamlik kirgani, bu yengillik bir necha kun, xatto uzoq vaqt davomida bizni tark etmaganini sezganmiz. Nahotki, bu lazzatni hayotimizda doimiy bo‘lishini xohlamaymiz?! Shunday ekan, yuqorida aytilganlarga amal qilib, hayotimizning har bir fursatida ezgu amal va atrofdagilar bilan go‘zal muloqotda bo‘laylik.
Muhammadyunus Axatxanov
Chortoq tumani "Alixon" jome
masjidi imom xatibi
Сизга ҳам ёқиши мумкин
Оммабоп хабарлар
-
МУКОФОТ МУБОРАК!
- Хабар муаллифи ravza.uz
- August 30, 2021
-
ЖАННАТ ОНАЛАР ОЁҒИ ОСТИДА...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- March 7, 2023
-
Муфтий ҳазратлари Наманга...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- June 14, 2021
-
Муносабат: ижтимоий тармо...
- Хабар муаллифи ravza.uz
- January 22, 2022